» » Farg‘onada jarima to‘lamagan haydovchilarning mashinalari jarima maydonchasiga qo‘yilmoqda

Farg‘onada jarima to‘lamagan haydovchilarning mashinalari jarima maydonchasiga qo‘yilmoqda


Farg‘onada Bosh prokuratura huzuridagi MIB xodimlari bilan hamkorlikda yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun jarimani o‘z vaqtida to‘lamagan haydovchilarni aniqlash va ularning avtotransport vositalarini jarima maydonchalariga qo‘yish tadbirlari boshlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

Farg‘ona viloyati IIB YHXB tomonidan yo‘llarda sodir bo‘layotgan halokatlarning eng asosiy omili — belgilangan tezlikni oshirib harakatlanishni bartaraf etish maqsadida onlayn rejimda ishlovchi “Avtokon” tezlik o‘lchash uskunasidan muntazam foydalanilmoqda. 2018-yil davomida mazkur uskuna yordamida viloyatda 47 ming 888 ta ana shu turdagi qoidabuzarlik aniqlangan. Shu kungacha 21 ming 399 nafar haydovchi sodir etgan qoidabuzarligi uchun belgilangan jarimalarni to‘lashga ulgurdi. Undirilgan jarimalar 7 milliard 723 million so‘mdan ko‘proqni tashkil etdi.

Ammo hamma qoidabuzar haydovchilar ham jarimalarni o‘z vaqtida, ya’ni qoidabuzarlik qayd etilgan vaqtdan boshlab 60 kun ichida to‘layotgani yo‘q. Bu holatni bartaraf etish uchun yana bir “Avtokon” fotovideofiksatsiya uskunasi qo‘llanilmoqda. Ushbu qurilma jarimani o‘z vaqtida to‘lamay yurgan haydovchilarning avtomashinalarini onlayn tarzda aniqlab bermoqda.

Mazkur avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 291-moddasiga asosan (Transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish asoslari va tartibi) YPX inspektorlari va MIB xodimlari tomonidan vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘yilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2019, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют