» » Osiyo Kubogida 4 ta gol urgan Sardor Azmun uchun 10 mln yevro taklif qilindi

Osiyo Kubogida 4 ta gol urgan Sardor Azmun uchun 10 mln yevro taklif qilindi


Eron terma jamoasi hamda “Rubin” klubi hujumchisi Sardor Azmun faoliyatini “Zenit” klubida davom ettirishi mumkin.

Sankt-peterburgliklar Qozon klubiga futbolchi transferi uchun 10 million yevrolik rasmiy taklif bilan chiqdi.

Tomonlar ehtimoliy transfer yuzasidan tovon puli, bonuslar va futbolchining kelajakda sotilganda olinadigan ulushlar kabi masalalarni muhokama qilmoqda. Piterliklar Yevropa Ligasi pley-off bosqichigacha yangi o‘yinchi transferini e’lon qilish uchun 1-fevral kuniga qadar Azmun bilan shartnoma tuzishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, “Galatasaroy” va “Vulverhempton” klublari ham Azmunning ijarasi bo‘yicha “Rubin”ga norasmiy takliflar bilan chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, Sardor Azmun Osiyo Kubogi—2019 musobaqasida 4 ta gol (O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov ham 4 ta gol urgandi) urishga muvaffaq bo‘ldi.

Bundan tashqari eronlik futbolchi Rossiya chempionatida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta golga mualliflik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют