» » Qozog‘iston Senat raisi: Mamlakatni qayta nomlashda hech qanday ma’no yo‘q

Qozog‘iston Senat raisi: Mamlakatni qayta nomlashda hech qanday ma’no yo‘q


Oliy Majlis Senati raisi Qosim Jomart Tokayev deputat Azat Peruashyevning Qozog‘istonni qayta nomlanishi haqidagi taklifi haqida o‘z fikrini bildirgan, deya xabar beradi “Tengrinews”.

“Bizda “Qozog‘iston” so‘zi mamlakat nomida bor. Bizga shu yetadi. Nomimiz Qozog‘iston Respublikasi bo‘lib qolishi kerak.

Prezident barcha xalqaro kelishuvlarni Qozog‘iston Respublikasi nomidan imzolagan. Qozog‘istonni qayta nomlashning hech qanday asosi ham ma’nosi ham yo‘q. Bizda juda ko‘p boshqa muammolar mavjud”, — deydi Tokayev.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Majlisi deputati Azat Peruashyev Qozog‘istonning Qozoq respublikasi deb qayta nomlashni taklif qilgan edi. Deputatning fikricha, bu tarixiy adolatni tiklashga yordam beradi.

Mavzuga doir: Deputat Qozog‘istonning nomini o‘zgartirishni taklif qildi

Mavzuga doir: Qozog‘istonliklar: “Qozog‘istonning nomini o‘zgartirish o‘taketgan ahmoqlik”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют