» » Ispaniya Kubogi. “Real” “Jirona”ni taslim qilib, yarim finalga chiqdi (video)

Ispaniya Kubogi. “Real” “Jirona”ni taslim qilib, yarim finalga chiqdi (video)


31-yanvar, payshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogining 1/4 finali doirasida so‘nggi javob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Santyago Salari qo‘l ostidagi Madridning “Real” klubi safarda “Jirona” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

1-bo‘limning 27 va 43-daqiqalarida fransiyalik hujumchi Karim Benzema raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dublga erishdi (2:1).

2-bo‘limning 71-daqiqasida Pedro Porro Aleksandro Pachon uzatmasini golga aylantirdi va hisobni qisqartirdi (2:1). Oradan 5 daqiqa o‘tib, madridliklar yarim himoyachisi Markos Lyorente “Jirona” darvozasiga gol urdi va g‘alabani mustahkamladi.

Shu tariqa “Real Madrid” ikki o‘yin natijasiga (7:3) ko‘ra musobaqa yarim finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqa chorak finalining birinchi bahsida “Qirollik klubi” “Santyago Bernabeu” stadionida “Jirona” jamoasini 4:2 hisobida mag‘lub etgandi.

Ispaniya Kubogi

1/4 final bahslari

31-yanvar, payshanba

Gollar: 0:1 — 27 Benzema, 0:2 — 43 Benzema, 1:2 — 71 Porro, 1:3 — 76 Lyorente.

“Jirona”: Moreno, Porro, Ramalyo, Bernardo, Munyesa (Alvares Texeda, 46), Granero, Losano, Granell, Soaresh, Seung Ho-Paik (Pachon, 68), Stuani.

“Real Madrid”: Navas, Karvaxal, Varan, Ramos (Nacho, 63), Marselo, Lyorente, Sebalyos, Kroos, Vaskes, Benzema (Asensio, 58), Junior (Beyl, 67).

Ogohlantirishlar: Stuani (49), Karvaxal (65), Losano (72).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2019, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют