» » Rasman: Eron terma jamoasi hujumchisi Sardor Azmun “Zenit”ga o‘tdi

Rasman: Eron terma jamoasi hujumchisi Sardor Azmun “Zenit”ga o‘tdi


Eron terma jamoasi va “Rubin” hujumchisi Sardor Azmun “Zenit” safiga kelib qo‘shildi. Bu haqda Sankt-Peterburg klubining rasmiy saytida xabar berildi.

24 yoshli Sardor Azmun 3,5 yil mobaynida piterliklar sharafini himoya qiladi.

Avvalroq “Zenit” Azmun uchun 12 million yevro atrofida tovon puli to‘lashi haqida ma’lumot berilgandi.

Azmun Rossiyadagi 5,5 yillik (“Rubin”, “Rostov”) faoliyati davomida 154 ta uchrashuvda ishtirok etib, 42 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.

Shuningdek, Sardor hozirgacha Eron termasi safida 46 ta o‘yinda 28 ta gol urgan.

Joriy mavsum esa Azmun Rossiya chempionatida 14 ta bahsda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют