» » Xitoyda “Barselona” modeli asosida 8,5 mln dollarlik futbol akademiyasi ochiladi

Xitoyda “Barselona” modeli asosida 8,5 mln dollarlik futbol akademiyasi ochiladi


Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin mamlakatda futbolning yirik rivojlanishi haqida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Sports.ru”.

Si Szinpinning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyda futbol darajasini oshirish maqsadida 2025-yilga kelib 50 000 ta futbol maktabi ochilishi kutilmoqda.

Mavzuga doir: Futbol rivoji yo‘lida Xitoy hukumati 2017-yilning o‘zida 20 ming futbol maktabini ishga tushiradi

Xitoy janubidagi Xaynan orolida yaqin vaqt ichida La Masia – “Barselona” futbol akamediyasi modeli asosida futbol akamediyasi ochilishi rejalashtirilgan. Kataloniya klubi bilan homiylik loyihasi narxi 8,5 million dollarga baholanmoqda.

Mavzuga doir: Xitoy klublari uchun navbatdagi buyruq: futbolga sarf etilayotgan mablag‘ning 15 foizi akademiyalar rivoji uchun bo‘lishi shart

Loyiha doirasida 7 ta futbol maydoniga ega bo‘lgan sport majmuasi va 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘yinchilar uchun 1 000 kishilik internat yaratiladi.

Ishonchim komil, Xaynan akademiyasi bitiruvchilari kelajakda “Barselona” safida o‘ynaydi.

Jozep Bartomeu , “Barselona” klubi prezidenti

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-03-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют