» » O‘zbekistonda harbiy xizmatga chaqiruv vaqti o‘zgarishi kutilmoqda

O‘zbekistonda harbiy xizmatga chaqiruv vaqti o‘zgarishi kutilmoqda


Harbiy xizmatga chaqiruv tadbirlarining fevral—mart oylarida o‘tkazilishi chaqiruv va yig‘in punktlari xonalarida belgilangan issiqlik haroratini ta’minlashda qator qiyinchilik va sarf-xarajatlarning ortishiga olib kelmoqda. Aksariyat holatlarda noqulay ob-havo sharoiti mamlakatning uzoq hududlarida yashovchi fuqarolarni o‘z vaqtida chaqiruv va yig‘in punktlariga yetib kelishlariga to‘sqinlik qilmoqda. Shuningdek, qish mavsumidagi yo‘llar holati olis hududlarda yashovchi fuqarolarning chaqiruv tadbirlarida to‘liq ishtirok etishini qiyinlashtirmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabarida aytiladi.

“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va sohaga oid me’yoriy hujjatlar ijrosini ta’minlash, 2019-yil chaqiruvini sifatli o‘tkazish hamda fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida Mudofaa vazirligi, harbiy okruglar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan hamkorlikda bir qancha ishlar amalga oshirildi.

Chaqiruv tadbirlarini o‘tkazish davrida yildan yilga takrorlanib kelayotgan kamchiliklar va yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ortiqcha sarf-xarajatlar hamda eng avvalo, fuqarolarga qulayliklar yaratishni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining 2018-yil 28-noyabrda o‘tkazilgan kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev tomonidan fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish va belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan fuqarolarni zaxiraga bo‘shatish muddatini yilning fevral-mart oylaridan mart—aprel oylariga o‘tkazish taklifi berilgan.

Shunga asosan Mudofaa vazirligi tomonidan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Chaqiruv davrining qish mavsumidan bahor mavsumiga o‘tkazilishi natijasida muddatli harbiy xizmat va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirishga doir sarf-xarajatlarni kamaytirish hamda noqulay ob-havoda kutish punktlarida ularni kuzatish uchun kelgan ota-onalarga qulayliklar yaratib beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 118) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют