» » AQSh “IShIDga qarshi kurashda yakdillikni ta’minlash uchun” Suriyaga maxsus bo‘linmalarini yuborgani ma’lum bo‘ldi

AQSh “IShIDga qarshi kurashda yakdillikni ta’minlash uchun” Suriyaga maxsus bo‘linmalarini yuborgani ma’lum bo‘ldi


AQSh IShIDga qarshi kurashda yagona jabhani saqlab qolish uchun maxsus bo‘linma jangchilarini Suriyaning Manbij shahriga yubordi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Mark Toner ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Al-Bob shahridan sharqda o‘ta murakkab vaziyat yuzaga keldi. Ochig‘ini aytganda, bu hududda qator kuchlar to‘planib qoldi va ularning barchasining maqsadi bir. Shu sababli ularga diqqatlarini boshqa vazifalarga qaratmay, aynan IShIDga qarshi turish, jangarilarni tor-mor etishga qaratish bo‘yicha signal yo‘llayapmiz”, — deya ta’kidladi Mark Toner.

Ma’lumot uchun, Manbij Al-Bob shahridan bir necha o‘n kilometr sharqda joylashgan bo‘lib, Pentagon 6-mart, dushanba kuni bu yerga AQSh maxsus bo‘linmalari yuborilishini e’lon qildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-03-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют