» » Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha kompleks tadbirlar o‘tkaziladi (infografika)

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha kompleks tadbirlar o‘tkaziladi (infografika)


Bugun, 7-fevral kuni O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani aholisi o‘rtasida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini yanada oshirish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha tashqivot va targ‘ibot guruhlari tuzildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan bugungi yig‘ilishda tuman hokimligi, Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi, targ‘ibot guruhining vazifalari belgilab berildi.

Unga ko‘ra, aholi bilan huquqiy-profilaktik tadbirlar tashkil etish, kam ta’minlangan oilalar hamda boquvchisini yo‘qotgan keksalar holidan xabar olish, jazoni o‘tab qaytgan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazish, mahallalarda mehnat va kitob yarmarkalar tashkil etish, o‘quvchi va tarbiyasi og‘ir yoshlarni sport to‘garaklari hamda madaniy tadbirlarga, ekskursiyalarga keng jalb etishga e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, yig‘ilish davomida Mirzo Ulug‘bek tumanida 2018-yil mobaynida sodir etilgan jinoyatchilik holatlari tahlil qilindi. 2018-yil davomida jami 738 ta turli xil ko‘rinishdagi jinoyatlar sodir etilgan bo‘lsa, 2019-yilning yanvar oyida ushbu ko‘rsatkich 32 ta qaydni qayd etmoqda.

Tumanda sodir etilayotgan bosqinchilik, o‘g‘irlik, firibgarlik, mayda bezorilik kabi jinoyatlarning aksariyati yoshlar tomonidan amalga oshirilgani va buni oldini olish uchun nimalarga ko‘proq e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti 2018-yil 24-dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi. Unda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimida o‘zaro maqsadli hamkorlikni tashkil etish, joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda jamoatchilik tuzilmalari hamkorligini yo‘lga qo‘yish belgilab berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют