» » AQSh O‘zbekistonning inson huquqlari bo‘yicha muzokaralarini qo‘llab-quvvatlaydi

AQSh O‘zbekistonning inson huquqlari bo‘yicha muzokaralarini qo‘llab-quvvatlaydi


AQSh prezidenti ma’muriyati va davlat departamenti vakillari O‘zbekistonning inson huquqlari va majburiy mehnatga barham berish bilan bog‘liq masalalarda xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Vashingtonda AQSh prezidenti yordamchisining o‘rinbosari Liza Kyortis, davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisining birinchi o‘rinbosari Elis Uells, shuningdek, davlat kotibining inson huquqlari, demokratiya va mehnat  masalalari bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Maykl Kozak bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Avvalroq 2019-yil 4—6-fevral kunlari tarkibida bosh vazir o‘rinbosari Tanzila Norboyeva hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev bo‘lgan O‘zbekiston delegatsiyasi AQShning yirik brendlari tomonidan O‘zbekiston tekstil mahsulotlari boykotini bekor qilish yuzasidan muzokaralar olib borish uchun AQShga tashrif bilan borishi ma’lum qilingan edi.

“Liza Kyortis respublikada ayniqsa inson huquqlarining davlat darajasiga ko‘tarilishi borasida amalga oshirilayotgan  islohotlarni yuqori baholadi”, — deyiladi xabarda.

Maykl Kozak, o‘z navbatida, O‘zbekistonda nafaqat majburiy mehnatga barham berish, balki diniy erkinlikni ta’minlash masalasida ham sezilarli o‘sishga erishilganligini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют