» » Malayziya hukumati Kim Chon Namning o‘limida KXDRni birinchi marta ochiqchasiga aybladi

Malayziya hukumati Kim Chon Namning o‘limida KXDRni birinchi marta ochiqchasiga aybladi


Malayziya bosh vaziri Najib Tun Razzoq birinchi marta Shimoliy Koreya rahbariyatini Kim Chon Namning o‘limida ochiqchasiga aybladi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

“Biz hozir kuzatayotgan voqealarning barchasi Shimoliy Koreya hukumati o‘z fuqarosini Malayziya hududida, taqiqlangan kimyoviy qurolni qo‘llagan holda o‘ldirishi oqibatidir”, — dedi Razzoq.

CNN’ning qo‘shimcha qilishicha, Malayziya bosh vazirining matbuot xizmati Razzoq Kim Chon Namning o‘limida haqiqatan ham KXDRni ayblaganini tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, KXDR yetakchisi Kim Chen Inning akasi hisoblangan Kim Chon Nam 13-fevral kuni Kuala-Lumpur aeroportida o‘ldirilgan edi. Uning boshiga zaharli VX moddasi surtilgan mato tashlab ketilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-03-2017, 20:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют