» » Qishloq xo‘jalik sohasidagi atoqli olim Sulton Alimuhamedov 90 yoshida vafot etdi

Qishloq xo‘jalik sohasidagi atoqli olim Sulton Alimuhamedov 90 yoshida vafot etdi


Qishloq xo‘jalik sohasidagi atoqli olim, sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zosi Sulton Alimuhamedov 2019-yil 11-fevralda 90 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zA xabarida aytiladi.

Sulton Alimuhamedov 1929-yil 1-yanvarda Toshkent shahrida tug‘ildi. 1950-yili Toshkent qishloq xo‘jaligi institutini (hozirgi Toshkent davlat agrar universiteti) tugatib, ushbu institut aspiranturasida tahsil oldi. Dastlab nomzodlik, keyinchalik doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Ilm-fan sohasidagi ko‘p yillik xizmatlari uchun 1991-yilda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylandi.

Iste’dodli olim o‘zining 70 yildan ziyod ilmiy-pedagogik faoliyati davomida Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti dotsenti, kafedra mudiri, O‘zbekiston o‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimlarida samarali mehnat qildi va respublikada o‘simliklarni himoya qilish sohasidagi dolzarb masalalarni tadqiq etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shdi.

Zahmatkash olimning ilmiy izlanishlari natijalari, ishlanma va tavsiyalari qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘llanib, turli ekinlar hosildorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Sulton Alimuhamedovning dolzarb mavzulardagi ko‘plab ilmiy maqolalari, kitob va monografiyalari O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar olimlari va mutaxassislariga yaxshi ma’lum.

Uzoq yillar davomida ko‘plab yoshlarga saboq bergan Sulton Alimuhamedovning bevosita rahbarligida o‘nlab fan nomzodlari va doktorlari tayyorlangan.

Jonkuyar olimning O‘zbekiston ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlat tomonidan munosib taqdirlanib, u “Hurmat belgisi” ordeni bilan mukofotlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют