» » Pure London moda va dizayn namoyishida The Black Quail o‘zbek kompaniyasi ishtirok etdi

Pure London moda va dizayn namoyishida The Black Quail o‘zbek kompaniyasi ishtirok etdi


Yaqinda Yevropaning yirik ko‘rgazma markazlaridan biri London Olympia majmuasida Pure London moda va dizayn namoyishi bo‘lib o‘tdi. 1998-yildan buyon yilda ikki marta o‘tkazib kelinayotgan ko‘rgazmada O‘zbekistonning ushbu sohadagi imkoniyatlari ilk bor The Black Quail o‘zbek kompaniyasi bosh dizayneri va g‘oyaviy yetakchisi Pahlavon Turdiyev rahbarligida taqdim etildi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar bermoqda.

Pure London Buyuk Britaniyaning moda va dizayn yo‘nalishidagi eng yirik ko‘rgazmalardan biri hisoblanlanadi. Ko‘rgazmada liboslar, poyabzallar hamda urfbop buyumlar dizaynerlari va ularning savdosi bilan shug‘ullanuvchilar, xaridorlar qatnashadi.

Bu yil ko‘rgazmada Britaniya va dunyodagi 900 dan ziyod urfbop kiyim-kechak va mahsulot yaratuvchisi jam bo‘ldi.

Jadal rivojlanib borayotgan, besh yil davomida charmdan qo‘l mehnati orqali turli buyumlar tayyorlab kelayotgan O‘zbekistonning The Black Quail mahsulot belgisi ostidagi mahsulotlari mazkur ko‘rgazma qatnashchilari uchun o‘zbek xalqining go‘zal va boy madaniyatining kashfiyoti bo‘ldi.

Pahlavon Turdiyevning ta’kidlashicha, Pure London uning Yevropa bozorini zabt etish yo‘lidagi yangi qadamidir.

The Black Quail mahsulotlari mutaxassislar va xaridorlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Ko‘rgazma doirasida The Black Quail rahbariyati va Yevropa kompaniyalari vakillari o‘rtasida uchrashuvlar o‘tkazilib, o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Опубликовано: admin (9-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют