» » O‘zbekistonda gazeta va jurnallarni bepul oluvchi tashkilotlar ro‘yxatini qisqartirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda gazeta va jurnallarni bepul oluvchi tashkilotlar ro‘yxatini qisqartirish rejalashtirilmoqda


O‘zbekistonda gazeta va jurnallarni bepul oluvchi tashkilotlar ro‘yxatini qisqartirish rejalashtirilmoqda, deb yozadi “Podrobno.uz”.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligi bosma mahsulotlar, shuningdek, davriy bosma nashrlarning majburiy bepul nusxalarini oluvchi tashkilotlar ro‘yxatini qisqartirish va nusxa tarqatish tartibini qayta ko‘rib chiqmoqda.

“Ayni chog‘da qonunchilik asosida tuzilgan ro‘yxatga ko‘ra, umumiy hisobda 43 ta davlat idorasi va tashkilotiga 71 ta bosma mahsulot hamda ro‘yxat asosida 25 ta idoraga 84 donadan gazeta va jurnal majburiy bepul tarqatiladi. Bunda majburiy bepul beriladigan bosma mahsulotlar matbaa korxonalari va nashriyotlarning o‘z hisobidan amalga oshiriladi”, — deya ta’kidlaydi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi.

Bu borada xorij tajribasi o‘rganilganda, Rossiyada — 16 ta, Shvetsiyada — 8 ta, Finlyandiyada — 7 ta, Norvegiyada — 5 ta, Polshada — 11 ta, Chexiyada — 17 ta, Bolgariyada — 22 ta, Italiyada — 5 ta, Portugaliyada — 12 ta, Xitoy va Meksikada — 1 ta, AQShda — 2 donadan bepul majburiy nusxalar asosan milliy axborot-kutubxona muassasalariga berilishi aniqlangan.

Hozirgi vaqtda OAVning elektron turlari ommalashganini hisobga olib, shuningdek, nashriyot, tahririyat va matbaa korxonalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Agentlik tomonidan majburiy bepul nusxalarni tarqatish tartibini qayta ko‘rib chiqish taklif etilgan. Davriy nashrlar va kitob mahsulotlariga ehtiyoji bo‘lgan tashkilotlar ularni obuna bo‘lish orqali olishi mumkin bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют