» » Britaniya parlamentida Ozbekiston boyicha umumpartiyaviy guruh tuzildi

Britaniya parlamentida Ozbekiston boyicha umumpartiyaviy guruh tuzildi


Ozbekistonning Londondagi elchixonasida ikki davlat ortasida diplomatik munosabatlari ornatilganining 25 yilligi hamda Britaniya qonunchilik organida Ozbekiston boyicha umumpartiyaviy parlament guruhi tuzilganiga bagishlangan tadbir bolib otdi. Bu haqda Jahon axborot agentligi xabar bermoqda.

Tadbirda Britaniya parlamenti, tashqi ishlar, mudofaa, xalqaro savdo vazirliklari va boshqa idoralar hamda jamoatchilik, ishbilarmon va madaniy doiralarning vakillari ishtirok etdi.

Tadbir chogida qayd etilganidek, ikki mamlakat xalqlari ortasidagi ozaro aloqalar tarixi asrlarga borib taqalsa-da, Ozbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1993-yili Londonga tashrifi chogida zamonaviy munosabatlarga asos solingan edi.

Keyingi yillar davomida Ozbekistonga Birlashgan Qirollikdan 40 dan ziyod delegatsiya keldi. Otgan yili ikki tomonlama mahsulot almashish hajmi 2015-yil korsatkichlariga taqqoslaganda 43 foizga oshdi. Ozbekistonda bir necha yuzlab Britaniya kompaniyasi faoliyat korsatmoqda.

Ozbekiston boyicha umumpartiyaviy parlament guruhi raisi, Buyuk Britaniya parlamenti quyi palatasi tartibot siyosati qomitasi raisi Endryu Bridjen Ozbekistonda bolgan chogida mamlakat haqidagi malumotlari yanada boyiganini malum qildi.

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik boyicha departamenti direktori Maykl Tatam bugungi kunda ikki mamlakat ortasidagi munosabatlar siyosat, savdo, xavfsizlik, talim va madaniyat singari kopgina sohalarni qamrab olganini qayd etdi. Savdo va sanoat boyicha Ozbekiston Britaniya kengashi, respublikada 20 yildan beri faoliyat korsatib kelayotgan Britaniya kengashi faoliyatiga yuqori baho berdi.

: admin (9-03-2017, 11:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
:
-
:
20 ... -