» » Taniqli jurnalist Jo‘ra Sa’dullayev vafot etdi

Taniqli jurnalist Jo‘ra Sa’dullayev vafot etdi


Taniqli jurnalist Jo‘ra Sa’dullayev vafot etdi, deya xabar beradi O‘zA.

Jo‘ra Sa’dullayev 1939-yilning 10-yanvarida Toshkent viloyati, Zangiota tumanidagi Eshonguzar qishlog‘ida tug‘ilgan.

U 1960—1967-yillari O‘rta Osiyo Davlat universitetining Filologiya fakulteti jurnalistika bo‘limida tahsil olgan. Qibray tumani ijtimoiy-siyosiy gazetasida xodim, bo‘lim mudiri, muharrir o‘rinbosari, Zangiota tumani ijtimoiy-siyosiy gazetasida muharrir, “Yosh Leninchi” gazetasida bo‘lim mudiri, 1974—1988-yillarda “Sovet O‘zbekistoni” (hozirgi “O‘zbekiston ovozi”) gazetasida muxbir, bo‘lim mudiri, bosh muharrir o‘rinbosari, 1988—1989-yillarda “Mushtum” jurnalida bosh muharrir, keyingi yillarda “Qishloq haqiqati” gazetasida muxbir, “Xalq so‘zi” gazetasining Toshkent viloyati bo‘yicha muxbiri, bo‘lim mudiri, O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasining Toshkent viloyati bo‘limi raisi, “O‘zbekiston tabiati” gazetasida bosh muharrir, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashining Matbuot sho‘basida mudir, “Munosabat” (hozirgi “Nuroniy”) gazetasida bosh muharrir, “Toshkent haqiqati” viloyat ijtimoiy-siyosiy gazetasining bo‘lim mudiri vazifalarida ishlagan.

U o‘zining samarali ijod faoliyati davrida “Dallasdagi otishmalar aks-sadosi”, “Amerika imperializmining qonli izlari” publitsistik kitoblari, falsafa, iqtisodiyot va buxgalteriya hisobiga oid o‘ndan ortiq kitoblarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

O‘zbekiston Jurnalistlar soyuzi mukofotining laureati (1976-yil), O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist (1988-yil) faxriy unvoni sohibi, “Yilning eng faol jurnalisti” tanlovi g‘olibi (2006-yil) bo‘lgan.

Jo‘ra Sa’dullayev “Kamolot yo‘llari” (1980-yil), “Tik parvoz” (1986-yil), “So‘nggi topshiriq” (1979-yil) ocherklari to‘plamlarining muallifi, “O‘zbekiston yulduzlari” (1977-yil), “O‘zbekiston qo‘riqlari” (1980-yil) kitoblarining hammuallifi. “Zamondosh qalbi” (2005-yil, publitsistik nashr), “Davr ko‘zgusi” (“Toshkent haqiqati”: yillar, ijodkorlar, izlanishlar”, 2006-yil), “Asom g‘adang nima deydi?” (2007-yil, felyetonlar to‘plami), “Umr oqar suv emas” (2010-yil, publitsistik nashr), “Ovloqdagi xonadon” (2010-yil, dedektiv qissa), “Ko‘ngil to‘lg‘oqlari” (2011-yil, publitsistik nashr) kitoblarining muallifi.

Shuningdek, “Shajara – xotirada o‘chmas mash’ala” (2006-yil) avlodlar shajarasi kitobining hammuallifi.

Bugungi kunda uning o‘nlab shogirdlari respublikaning turli ommaviy axborot vositalari hamda qator idora va muassasalarida samarali mehnat qilishmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют