» » Kursantlar havaskor ijodiy jamoasi Bobur hayotini sahnalashtirdi

Kursantlar havaskor ijodiy jamoasi Bobur hayotini sahnalashtirdi


Qurolli Kuchlar akademiyasining kursantlari tomonidan ijro etilgan Bobur hayotini o‘zida aks ettiruvchi sahna ko‘rinishi barchaning olqishiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Akademiya havaskor ijodiy guruhi Boburning o‘z yurtini tashlab Afg‘onistonga ketishga majbur bo‘lganligini, Ibrohim Lodi bilan jangi va undan keyin Hindistonda kechgan hayotini mahorat bilan sahnalashtirdi.

Bundan tashqari, Chirchiq oliy tank umumqo‘shin-qo‘mondonlik bilim yurtida harbiy xizmatchilarning farzandlari o‘rtasida “Eng zukko kitobxon” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga oid savol-javoblarda faol qatnashgan o‘quvchi yoshlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, bilim yurti rahbariyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2019, 17:59)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 48) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют