» » Taxiatoshlik ikki oilaning farzand ko‘rgani 17 yildan keyin rasman tasdiqlandi

Taxiatoshlik ikki oilaning farzand ko‘rgani 17 yildan keyin rasman tasdiqlandi


Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh tumanidagi chekka qishloqda ikki oilaning 2001-yilda tug‘ilgan va hanuzgacha tug‘ilganlik guvohnomasiga ega bo‘lmagan fuqarolariga tegishli hujjatlar rasmiylashtirib berildi, deb yozadi O‘zA.

Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Boshqarmasi va tuman FHDYO organlari tomonidan xonadonma-xonadon yurib o‘tkazilgan, aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan tadbirda Taxiatosh tumanining “Naymankul” qishloq fuqarolar yig‘ini chekka hududi hisoblangan qo‘shni Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh “Shatirauk” aholi yashash punktida 2 ta oilaning 2001-yilda tug‘ilgan 16 yoshdan oshgan va tug‘ilganlik haqida guvohnomaga ega bo‘lmagan farzandlariga tegishli hujjatlar rasmiylashtirib berildi.

Guvohnoma topshirilishi jarayonida Seytov Guchbay Klichmetov hozirda farzandi 17 yoshga to‘lganligi va shu yil oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirish niyatida ekanligini bildirdi. Ammo uning farzandi avvallari tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagani uchun fuqarolik huquqlaridan foydalana olmagan. Endilikda bu muammolar hal etildi. Guchbay Kulmetov davlat xizmatlari agentligi xodimlariga minnatdorchilik bildirdi.

Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Boshqarmasi rahbariyati va Taxiatosh tumani FHDYO xodimlari hujjatlarni fuqarolarning uylariga sovg‘alar bilan yetkazib berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют