» » Xorazmdagi yashirin sexda 17 tonnadan ortiq neft mahsulotlari saqlanayotgani aniqlandi

Xorazmdagi yashirin sexda 17 tonnadan ortiq neft mahsulotlari saqlanayotgani aniqlandi


Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda Xonqa tumani hududida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarni aniqlash va ularni belgilangan tartibda soliqqa jalb qilish yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

“Olaja” qishlog‘i “Oydin Hayot” mahallasidagi yashirin sexda 17 tonnadan ortiq neft mahsulotlari saqlanayotgani aniqlandi.

Ushbu maxfiy sex xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, “Yangi turmush” mahallasida yashovchi H.B. bu yerda bitum mahsulotini ishlab chiqarayotgani, biroq sexga tegishli hech qanday hujjatlar yo‘qligini ma’lum qildi. Pirovardida, qonuniy tartibda dalolatnoma tuzilib, xolislar ishtirokida yashirin sexda mavjud bo‘lgan 16 turdagi, jami umumiy qiymati 35 million 893 ming so‘mlik tovar-moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida vaqtincha olib qo‘yildi.

Davlatning eng muhim resurslariga zarar yetkazish orqali daromad topishga urinish tadbirkorlikka kirmaydi. Qolaversa, noqonuniy sex tashkil etib, boylik orttirishga hech kimning haqi yo‘q.

Ushbu holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar tegishliligi bo‘yicha Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Xonqa tumani bo‘limiga yuborildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют