» » Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘i sayyor qabulida 14 ta muammo joyida hal etildi

Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘i sayyor qabulida 14 ta muammo joyida hal etildi


Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 3-sektor rahbari Dilshod Tursunbayev viloyatning chekka tumanlaridan biri Muborak tumanining Chorvador mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Prezidentning 2019-yil 8-yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida viloyat prokurori o‘rinbosari Sherali Ashurov, Muborak tumani hokimi G‘ayrat Jovliyev hamda tuman IIB mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tgan sayyor qabulda Yoshlik, Quruvchilar, Sariq, Qoraqum, Chorvador, Obod turmush va Olmazor mahallalarida yashovchi 300 dan ortiq fuqaro qatnashgan.

- Sayyor qabul davomida ijtimoiy dorixona tashkil etish masalasida yordam so‘radim, — deydi Chorvador mahallasida yashovchi Sayyora Sayimova. – Shunga asosan tuman hokimligi va kadastr idorasidan kelib yer maydonini ko‘rsatishdi. Hozirda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilayapti.

Viloyat IIB matbuot xizmatining ma’lumot berishicha, murojaatlar asosan ichki ishlar idoralariga ishga kirish, pasport olish, mol-mulkni undirish, uy-joy masalalariga oid bo‘lgan. Shunga muvofiq 14 ta murojaat joyida ijobiy hal qilindi, bittasi ijroga yo‘naltirildi, qolganlari bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют