» » Ichki ishlar xodimiga qarshilik ko‘rsatgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Ichki ishlar xodimiga qarshilik ko‘rsatgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi


20-fevral oqshomida Katta Hirmontepa mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uyda yashovchi fuqarolarning shikoyatlariga javoban Chilonzor tumani Ichki ishlar boshqarmasining profilaktika inspektori yetib kelgan, deya xabar beradi IIBB matbuot xizmati.

Aholi qo‘shni uyda ta’mirlash ishlarini olib borayotgan ishchilar ustidan shikoyat qilib, ular tomonidan qurilish chiqindilari o‘z vaqtida tozalanmay, mahalliy hudud ifloslantirayotgani aytilgan. Ilgari profilaktika inspektori bir necha bor ishchilarni tozalik va sanitariya tartibiga rioya qilmaganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirgan edi.

Biroq Surxondaryo viloyati fuqarolari bo‘lgan 32 yoshli Alisher H. va 26 yoshli Abdullaxon H. xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatgan. Hozirda ular hibsga olingan.

Ayni damda holat yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismida ko‘zda tutilgan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют