» » Xalqaro ziyorat turizmi forumi mehmonlari Imom Buxoriy markazida bo‘ldi

Xalqaro ziyorat turizmi forumi mehmonlari Imom Buxoriy markazida bo‘ldi


Xalqaro ziyorat turizmi forumi mehmonlari Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari, muqaddas qadamjo va ziyoratgohlari bilan yaqindan tanishgandan so‘ng Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida ham bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga jurnalist Manzura Bekjonova ma’lum qildi.

Ular dastlab Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini ziyorat qilib, hadis ilmining sultoni haqqiga Qur’on tilovat qildi.

Shundan so‘ng Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Hadis ilmi maktabida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtrish ishlari, ilmiy xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Markaz muzeyidan “Sahihi Buxoriy” kitobining qadimiy qo‘lyozmasi va buyuk muhaddisning ayni paytda dunyoning turli mamlakatlarda saqlanayotgan noyob asarlari nusxalari va boshqa eksponatlar joy olgan. Turli nufuzli xalqaro tashkilotlar ushbu muzey fondini qimmatli eksponatlar, o‘z esdalik sovg‘alari bilan boyitmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют