» » APL. “Manchester Yunayted” “Liverpul”ni yuta olmadi, “Arsenal”da esa g‘alaba (video)

APL. “Manchester Yunayted” “Liverpul”ni yuta olmadi, “Arsenal”da esa g‘alaba (video)


24-fevral, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 27-turi doirasida 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Turning markaziy o‘yini “Old Trafford” stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda musobaqa jadvalida 4-o‘rinda borayotgan Ole-Gunnar Sulsher boshliq “Manchester Yunayted” klubi, 65 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida ikkinchi pog‘onada borayotgan Yurgen Klopp boshqaruvidagi “Liverpul” jamoasi bilan bahs olib bordi.

Bellashuvda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. Jamoalar 1 ochkodan bo‘lishib oldi. Qayd etish joiz, uchrashuvning birinchi bo‘limida “Yunayted” 3 bor, “Liverpul” esa 1 marta majburiy o‘zgartirishlarni amalga oshirdi. Ander Errera, Xuan Mata va o‘zi zaxiradan maydonga tushgan Jessi Lingard jarohat sabab o‘yinni davom ettira olmadi. Mehmonlardan esa Roberto Firmino jarohat sabab o‘rnini Deniel Starrijga bo‘shatib berdi.

Kunning yana bir o‘yinida Unai Emeri boshqaruvidagi “Arsenal” klubi o‘z maydonida “Sauthempton”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvning 6 va 17-daqiqalarida Aleksandr Lyakazett hamda Genrix Mxitaryan tomonidan kiritilgan gollar London klubiga g‘alaba keltirdi va jamoa 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

APL

27-tur bahsi

24-fevral, yakshanba

“Manchester Yunayted”: De Xea, Yang, Lindelyof, Smolling, Shou, MakTominey, Errera (Pereyra, 21), Pogba, Mata (Lingard, 25, Sanches, 43), Reshford, Lukaku.

“Liverpul”: Alisson, Matip, Van Diyk, Robertson, Milner, Veynaldum, Henderson (Shaqiri, 72), Fabinyo, Mane, Saloh (Origi, 79), Firmino (Starrij, 31).

Gollar: 1:0 — 6 Lyakazett, 2:0 — 17 Mxitaryan

“Arsenal” – Leno, Lixtshtayner (Kosyelni, 56), Kolashinats, Mustafi, Papastatopulos, Remzi (O‘zil, 63), Torreyra, Ivobi (Obameyang, 75), Mxitaryan, Jaka, Lyakazett.

“Sauthempton” – Gann, Targett, Bednarek, Vestergor, Valeri, Uord-Prouz, Romeu, Redmond, Xeybyerg, Armstrong (Obafemi, 46; Al-Yunussi, 65), Stivens (Ostin, 46).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют