» » Yevropaliklarga Putinning oltin korteji namoyish etildi (video)

Yevropaliklarga Putinning oltin korteji namoyish etildi (video)


Jenevadagi avtomobil ko‘rgazmasida davlatning birinchi shaxslari uchun ishlab chiqilgan “Kortej” loyihasi doirasida avtomobillarni ishlab chiqaruvchi rus brendi Aurus’ning oltin sedani taqdim etildi.

Aurus bosh direktori Frans Gerxard Xilgert tomonidan taqdim etilgan taqdimot videosi jurnalist Pavel Fedorov tomonidan uning Instagram’dagi sahifasida e’lon qilindi.

“Aurus brendining Jenevadagi taqdimoti. Natijada rang “Rossiya oltini”, — deb yozadi muxbir.

Jeneva avtomobil ko‘rgazmasida Aurus Senat S600 sedani va quyuq jigarrang rangdagi Aurus Senat Limuzin L700 limuzinlari taqdim etildi.

Fevral oyi boshida Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan IDEX-2019 qurollar ko‘rgazmasida prezidentning Aurus limuzinining saloni ko‘rsatilgandi. Mashinaning ichi charm va yog‘och bilan qoplangan, panelda ikkita monitor mavjud. Yo‘lovchi o‘rindiqlari multimedia tizimi bilan jihozlangan, oddiy oynalar o‘rniga, tashqi tasvirni aks ettiradigan ekranlar o‘rnatilgan.

Ilk bor Aurus limuzini keng ommaga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning inauguratsiya marosimida 2018-yilning may oyida taqdim etilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют