» » O‘zbekiston harbiylari ayollarni o‘ziga xos bayramona aksiyalar bilan qutlamoqda (foto va video)

O‘zbekiston harbiylari ayollarni o‘ziga xos bayramona aksiyalar bilan qutlamoqda (foto va video)


8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi va Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlari, Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli hamda Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri jamoalari Toshkentdagi bir necha savdo markazlarida bo‘lib, bu yerdagi ayol-qizlarni o‘zgacha uslubda tabriklashda davom etmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

“Ekobozor” savdo majmuasi hovlisida yangragan sho‘x kuy va qo‘shiqlar kundalik yumushlari bilan ovvora bo‘lib yurgan xaridorlarni bir joyga jamlab, ularga bayram kayfiyatini ulashdi. 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan bildirilgan qutlovlar, harbiy sozandalar tomonidan ijro etilgan jahon va o‘zbek klassik musiqalari yig‘ilganlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Tabrik va kuy-qo‘shiqlardan xursand bo‘lgan ayol-qizlarga Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlari tomonidan gullar tuhfa etildi.

Xuddi shunday bayramona aksiya poytaxtning Mirobod tumanida joylashgan “Kompass” savdo majmuasida o‘tkazildi. Shuningdek, Markaziy harbiy okrug harbiy orkestri jamoasi tomonidan Samarqand shahridagi Registon maydoni hamda “Atlas” ko‘ngilochar savdo majmuasida konsert dasturlari namoyish etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют