» » Qo‘qonda yo‘qolgan Lacetti topildi, egasi qidirilmoqda

Qo‘qonda yo‘qolgan Lacetti topildi, egasi qidirilmoqda


Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida yashovchi Yorqinjon Omonboyev IIBga murojaat qilib, shu yil 4-mart kuni birga yashovchi o‘g‘li 22 yoshli Jasurbek Daminov davlat raqami 40 U 050 QA bo‘lgan Lacetti avtomashinasida uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma’lum qildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Qo‘qon shahar, Charxiy ko‘chasida joylashgan avtomashinalarni yuvish shoxobchasidan texnik soz holda topildi.

J.D.ni qidirib topish choralari ko‘rilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Ushbu shaxs va uning avtomobili haqida ma’lumotga ega bo‘lganlardan bu haqda ichki ishlar idoralariga xabar berishlari so‘ralgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют