» » Avtohalokat sodir etib, bir kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan o‘qituvchiga sud hukmi o‘qildi

Avtohalokat sodir etib, bir kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan o‘qituvchiga sud hukmi o‘qildi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon tuman sudida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida o‘zi boshqarib kelayotgan transport vositasida baxtsiz hodisa tufayli 25 yoshli yigitni urib yuborgan maktab o‘qituvchisi N.M.ga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda viloyat sudi sudya katta yordamchisi Komronshoh Rasulov “Daryo”ga ma’lum qildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi sudyasi Akmaljon Kenjaboyevning ma’lum qilishicha, sudlanuvchi 1989-yilda tug‘ilgan N.M. 2018-yilning 15-noyabr kuni soat 7:50 larda o‘ziga tegishli bo‘lgan Matiz rusumli transport vositasini Shoxizinda ko‘chasidan o‘tgan “Andijon—Bog‘ishamol” yo‘lining “Andijon” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketayotib, “Yo‘l harakati qoidalari”ning 77-bandida ko‘rsatilgan qoidalarni qo‘pol ravishda buzgan. Shuningdek, boshqarish chog‘ida ehtiyotsizlik va beparvolikka yo‘l qo‘yib, qatnov yo‘lida tezlikni to‘la to‘xtashni ta’minlaydigan darajada kamaytirishi shart bo‘lsa-da qoidaga amal qilmagan. Natijada boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning bo‘yida turgan piyoda A.G‘anijonovni urib yuborgan. Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchi og‘ir tan jarohati yetkazilishi natijasida voqea joyida vafot etgani aniqlangan.

— Mashinani boshqarib ketayotganimda qarama-qarishi tomondan oq rangli avtomashina yo‘limga o‘tib oldi, — deydi sudlanuvchi. – Shu sababli undan olib qochish maqsadida rulni o‘ng tomonga burib, tormozni bosdim. Yo‘l notekis edi. Natijada boshqaruvni yo‘qotib qo‘ydim. Mashina yo‘l chetiga sidirilib ketdi. Shu paytda u yerda bir bola turganiga ko‘zim tushdi. Uni turtib yuborganligimni sezdim. Shokka tushib, o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim. A.G‘anijonovni urib yuborganimni u voqea joyida vafot etganini keyin eshitdim. Sodir etgan qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonman.

Sud hukmiga ko‘ra N.M. JKning 266-moddasi 2-qismi bilan ikki yil muddatga muayyan huquqdan, ya’ni transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilib, sutkaning kech soat 22:00 dan ertalab soat 6:00 ga qadar bo‘lgan vaqtida Andijon tumani, “Qurama” MFY, Serfayz ko‘chasida joylashgan yashash xonadonidan chiqishini cheklagan holda 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Ma’lumot uchun, “Yo‘l harakati qoidalari”ning 77-bandida “Haydovchi harakatning serqatnovligini, transport vositasi va yukning xususiyati hamda holatini, yo‘l va ob-havo sharoitini, shuningdek harakatlanish yo‘nalishidagi ko‘rinishni hisobga olgan holda transport vositasi tezligini belgilangandan oshirmasdan boshqarishi, transport vositasining tezligi haydovchiga qoidalar talablarini bajarish uchun uning harakatini doimo nazorat qilib borish imkoniyatini berishi, harakatlanishda haydovchi aniqlay olishi imkoniyatida bo‘lgan xavf yoki to‘siq paydo bo‘lsa, u transport vositasining tezligini to‘la to‘xtashini ta’minlaydigan darajada kamaytirish yoki to‘siqni boshqa harakat qatnashchilari uchun xavfsiz aylanib o‘tish choralarini ko‘rishi kerak” deb ko‘rsatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют