» » Toshkentda 1 mlrd so‘mlik metall mahsulotlari noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi

Toshkentda 1 mlrd so‘mlik metall mahsulotlari noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi


Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Chuqursoy texnik idora” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari yirik miqdorda metall mahsulotlarini mamlakatga noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘ydi. Bu “Daryo”ga Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Poytaxtda faoliyat ko‘rsatuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan biri tomonidan bojxonachilarga taqdim etilgan hujjatlarda qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan yuk poyezdi vagonlarida metall chiqindilari olib kelinayotganligi ko‘rsatilgandi. Ammo vagonlardagi yuklar inspeksion ko‘rik majmuasi orqali bojxona nazoratidan o‘tkazilganda tayyor metall mahsulotlari borligi aniqlandi.

Ushbu 4 turdagi tayyor metall mahsulotlarining umumiy qiymati 1 milliard so‘mga teng bo‘lib, og‘irligi salkam 123 tonnani tashkil qildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют