» » Toshkent xalqaro aeroportida birinchi Axborot-turizm markazi ishga tushdi

Toshkent xalqaro aeroportida birinchi Axborot-turizm markazi ishga tushdi


Bugun, 12-mart kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida xorijlik sayyohlarga xizmat ko‘rsatish uchun mamlakatdagi birinchi Axborot-turizm markazi (stendi) ishga tushdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur obyektning ochilishi 2019—2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasida mamlakatning sayyohlik salohiyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida belgilab qo‘yilgan.

Axborot markazini O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari v.b. Ulug‘bek Qosimxo‘jayev ochib berdi va ochilish marosimida jurnalistlarga ushbu tadbirning ahamiyati hamda axborot markazlarini hali butun Respublika bo‘ylab o‘rnatish rejalashtirilgani haqida ma’lum qildi.

Ta’kidlash joizki, axborot-turizm markazining maqsadi chet ellik mehmonlarning mamlakatga tashrifi qulay o‘tishi uchun barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etishdir. Bu yerda chet ellik mehmonlar uchun markaz xodimlari tomonidan taksi, mehmonxona bron qilish, transfer, turistik sim-kartalar, axborot-turistik materiallar (turistik marshrut xaritalari, broshyuralar, turistik dasturlar) olish kabi xizmat turlari taqdim etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют