» » 2017-yilda investitsiya kiritish uchun eng qulay shaharlar yettiligi

2017-yilda investitsiya kiritish uchun eng qulay shaharlar yettiligi


Knight Frank konsalting kompaniyasining “Boylik to‘g‘risidagi hisoboti”da 2017-yilda qaysi shaharlarga shaxsiy investitsiyalar kiritish ma’qulligi borasida fikrlar bildirildi. Asosiy kriteriylar sifatida ta’lim tizimi, turmush tarzi, infrastruktura, texnologiyalar va ko‘chmas mulk ko‘rib chiqildi. Ushbu reyting Forbes sahifalarida keltirildi.

2015-yilda Amsterdam CITIE tadqiqotida jahonning besh eng innovatsion shahri ro‘yxatiga kiritilgan edi. Mahalliy xaytekning asosiy ishtirokchilari orasida Uber, Netflix va Tesla’ning Yevropadagi shtab-kvartiralari bor. Shuningdek, Niderlandiyaning kapitalizatsiyasi 1 milliard dollardan oshadigan ilk kompaniyasi, Facebook, Spotify, AirBnB, Uber va Tesla mijozlariga xizmat ko‘rsatuvchi Ayden to‘lov startapi ham shu yerda joylashgan. Bundan tashqari, Amsterdam an’anaviy tarzda yashash uchun qulay shahar hisoblanib, rivojlangan infrastrukturaga egadir.

Florida shtatining eng mashhur shahri quyoshli plyajlari, turistlar oqimi va boylarning shinam qarorgohlari bilan mashhur. Ayni paytda bu yerda texnologik aspekt jadal sur’atlar bilan rivojlantirilmoqda. 2014-yilda bu yerga Microsoft’ning innovatsion markazi ko‘chib o‘tdi. Art Basel Maiami’ning paydo bo‘lishi bilan shaharda ko‘plab yangi kvartallar, restoranlar va galereyalar paydo bo‘ldi. Mayami universitetining biznes maktabi va yuridik fakulteti reytinglarda borgan sayin yuqorilamoqda.

 

Hindistonning xaytek va startaplar poytaxtiga sekin-asta transmilliy korporatsiyalar — Uber, Airbus, Visa va boshqalar o‘rnashmoqda. Bangalorda qarorgohi joylashgan mahalliy gigantlar sirasiga Flipkart, InMobil va MuSigma kiradi. Bundan tashqari, shaharda ko‘plab yirik tadqiqot markazlari, jumladan, Hindiston ilmiy instituti joylashgan.

 

Berlinda har yili 40 mingdan ortiq startap ochiladi, yashash narxi esa Germaniyadagi eng past ko‘rsatkichlardan birini tashkil etadi. 2014-yilda bu yerga 174 ming kishi ko‘chib o‘tdi, ularning yarmidan ko‘prog‘i chet elliklardir. Xizmat ko‘rsatish va turizm sohasining rivoji tufayli shahar iqtisodiyoti Germaniyadagi eng yaxshi natijalardan birini qayd etmoqda.

Avtomobil sanoati, telekommunikatsiyalar, logistika va riteyl rivoji tufayli Meksika poytaxti katta miqdorda investitsiyalar jalb qilishda davom etmoqda. 2000-yildan buyon ofislar bozori 200 foizga oshdi — Mexikoda 170 ta yangi bino paydo bo‘ldi. Ayni paytda aeroport rekonstruksiyasiga mablag‘ yo‘naltirilmoqda, 2020-yillar boshida uning o‘tkazish imkoniyati yiliga 50 million yo‘lovchi va 550 ming reysni tashkil etishi kutilmoqda.

Texas shtati poyxatini ba’zan Kremniy tepaliklari deb atashadi. Oxirgi yillarda Ostinda davlat mablag‘lari ulushi katta iqtisodiyotdan texnologik yetakchiga aylandi. Bu yerda Apple, Cisco Sistems, Dell, HP, Facebok va Google o‘rnashdi. Shahar aholisi kuniga 150 kishiga ko‘paymoqda. Texas universiteti va boshqa oliygohlar shaharga bilimli va saviyali yoshlarni jalb qilmoqda.

2036-yilga kelib Melburn aholi soni bo‘yicha Avstraliyaning eng yirik shahri — Sidneydan o‘zib ketishi kutilmoqda. Economist Intellegence Unit reytingida Melburn yashash uchun qulay shaharlar orasida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Ofis bozori allaqachon Sidneydagidan o‘tib ketgan, shaharning markaziy qismida ishlovchilar soni oxirgi 10 yilda 24 foizga o‘sdi.

Опубликовано: admin (12-03-2017, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют