» » O‘zbekistonda 2019-yilda bir nechta yangi konlar ochiladi

O‘zbekistonda 2019-yilda bir nechta yangi konlar ochiladi


O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zbekneftgaz” AJning “Yangi konlarni ochish, ishlab-chiqarish jarayonlariga zamonaviy uskunalar va texnologiyalarni jalb qilish orqali uglevodorod qazib chiqarish hajmlarini oshirish” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi hududida 5 ta neftgazli (Ustyurt, Buxoro-Xiva, Hissor, Surxandaryo va Farg‘ona) va 4 ta neft va gazga istiqbolli (Xorazm, O‘rta-Sirdaryo, Markaziy-Qizilqum va Zarafshon) regionlari ajratilgan hamda ularda 270 ta neft va gaz konlari ochilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3372 sonli “2017—2021-yillarda ‘O‘zbekneftgaz’ AJ bo‘yicha mineral xom-ashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan so‘nggi ikki yilda 11 neft va gaz konlari ochilib uglevodorod xom-ashyo zaxiralari o‘stirildi.

Ushbu dasturga asosan 2019-yilda 2D va 3D seysmik-qidiruv ishlarini o‘tkazish, 16 ta yangi obyektni burg‘ulashga tayyorlash, 15 ta yangi maydonda burg‘ulash ishlarini boshlash va 85 ta izlov-qidiruv quduqlarini qurilish bilan tugatish rejalashtirilgan. Natijada yangi uglevodorod konlarini ochish orqali sanoat miqyosidagi tabiiy gaz, neft va kondensat zaxiralarini oshirish mo‘ljallanmoqda.

Ushbu jarayonda Ustyurt va Buxoro-Xiva regionidagi quyi yura va paleozoy yotqiziqlarini o‘rganish, 3 ming metrda ortiq chuqurlikdagi konlarni aniqlashga, ma’lumotlarni ilmiy taxlil qilish konlar va istiqbolli obyektlarning uch o‘lchamli modellarini tuzish orqali geollogiya-qidiruv ishlarining samaradorligini oshirishga mo‘ljallangan zamonaviy geofizik uskunalarni ishga tushirish kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют