» » Superliganing amaldagi chempioni “Lokomotiv”ga 1 mlrd so‘m mukofot puli berildi

Superliganing amaldagi chempioni “Lokomotiv”ga 1 mlrd so‘m mukofot puli berildi


Professional futbol ligasi Superliga—2018 yakunida mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan Toshkentning “Lokomotiv” klubiga ham 1 milliard so‘m mukofot pulini o‘tkazib berdi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.

2018-yilgi mavsum avvalida Professional futbol ligasi sovrinli o‘rinlarni egallagan futbol klublariga mukofot pullari va’da qilgan edi.

Natijada “Paxtakor”, “Navbahor”, “Sevinch” futbol klublari o‘tgan mavsum yakunlari bo‘yicha qo‘lga kiritgan o‘rinlari uchun mukofot pullarini qabul qilib oldi.

Ta’kidlanishicha, Professional futbol ligasi qolgan barcha klublarga ham va’da qilingan mukofot pullarini bosqichma-bosqich o‘tkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 93) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют