» » Xorazm va Dashoguz viloyatlari sayyohlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi

Xorazm va Dashoguz viloyatlari sayyohlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrifi davomida har ikki davlatning chegaradosh hududlari, jumladan, Xorazm viloyati va Turkmanistonning Dashoguz viloyatlari hokimliklari o‘rtasida savdo—iqtisodiy va madaniy — gumanitar sohalardagi hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolandi. Bu haqda Xorazm viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xorazm viloyati hokimi mazkur kelishuv haqida quyidagilarni ma’lum qildi:

Kelishuvga ko‘ra chegara hududlar hokimliklari korxona va tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro foydali hamkorlik o‘rnatish, qo‘shma korxonalar tuzish, savdo-sotiqni rivojlantirishga yordam beradi.

Sayyohlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Chunki ushbu hududlarda har ikki xalq tarixi, madaniyati va o‘tmish merosida birday ahamiyatga ega bo‘lgan me’moriy obidalar, yodgorliklar va qadamjolar mavjud.

Shuning uchun har ikki viloyat turizm salohiyatidan birgalikda foydalanish tomonlar uchun katta naf keltirishini ko‘zlab, viloyatlarda o‘tkaziladigan xalqaro yarmarkalar, ko‘rgazmalar, seminar va konferensiyalarda ishtirok etish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Turizm infratuzilmasini rivojlantirish uchun qo‘shma dastur va loyihalar ishlab chiqiladi.

Milliy madaniy markazlar va madaniyat arboblari ishtirokida madaniyat kunlari, festivallar, ko‘rgazma va boshqa madaniy tadbirlar amalga oshiriladi.Tarixiy-madaniy obyektlarni tiklash va saqlash, restavratsiya qilish ishlarida hamkorlik qilinadi. Muzeylar va tasviriy san’at namoyandalari o‘rtasidagi aloqalar rag‘batlantiriladi.

Sport bo‘yicha ham hamkorlik kuchaytiriladi. Birgalikda turli sport musobaqalari, bellashuvlar va mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Po‘lat Bobojonov, Xorazm viloyati hokimi

 

Опубликовано: admin (12-03-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 130) ( 0) ( 130) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют