» » Toshkent viloyatida uch oylik chaqalog‘ini 8000 dollarga pullayotgan fuqaro ushlandi

Toshkent viloyatida uch oylik chaqalog‘ini 8000 dollarga pullayotgan fuqaro ushlandi


Toshkent viloyatining Toshkent tumanida yashovchi 25 yoshli Sh.O. o‘zining 3 oylik o‘g‘lini O‘rta Chirchiq tumanida 8 ming dollarga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi 23-mart kuni tarqatgan axborotga ko‘ra, ushbu hodisa 18-mart kuni yuz bergan.

“Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.

Avvalroq Termizda 2-sinfda o‘qiydigan o‘g‘lini 25 million so‘mga sotishga uringan ayol qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi. Bundan tashqari, Xorazmda ikki haftalik chaqaloqni 200 dollarga sotishga uringan hamshira, Sirdaryoda 3 yashar o‘g‘lini 1100 dollarga, Surxondaryoda bir haftalik chaqalog‘ini 3,5 million so‘mga baholagan onalar ushlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют