» » Yevro—2020 yo‘lida. Rossiya Nur-Sultonda Qozog‘istonni tor-mor qildi, Xorvatiya esa Vengriyaga yutqazib qo‘ydi (video)

Yevro—2020 yo‘lida. Rossiya Nur-Sultonda Qozog‘istonni tor-mor qildi, Xorvatiya esa Vengriyaga yutqazib qo‘ydi (video)


24-mart, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining saralash bosqichi doirasida guruhlarda 2-tur uchrashuvlariga start berildi.

Kunning ilk o‘yini Nur-Sulton (sobiq Ostona shahri)da o‘tkazildi. Unda Qozog‘iston terma jamoasi Rossiyani qabul qildi.

O‘yinning 19 va 45-daqiqalarida Denis Cherishev dublga erishgan bo‘lsa, 52-daqiqaga kelib Artyom Dzyuba ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. Oradan 10 daqiqa o‘tib esa Abzal Beysebekov o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Shu tariqa rossiyaliklar Qozog‘istonni o‘z uyida yirik hisobda taslim qildi (4:0).

Shu kuni Garet Beyl yetakchiligidagi Uels terma jamoasi oz maydonida Slovakiya termasi bilan bahsga kirishdi.

Bellashuvning 5-daqiqasida mezbon jamoa yarim himoyachisi Daniel Jeymsning kiritgan goli uelsliklarga g‘alaba keltirdi va jamoa 3 ochkoni qo‘lga kiritdi (1:0).

Ilk turda Ozarbayjonni bazo‘r yutgan (2:1) Xorvatiya terma jamoasi mehmonda Vengriya termasi bilan kuch sinashdi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida Ante Rebich hisobni ochgan bo‘lsa, 34-daqiqaga kelib Adam Salai hisobni tenglashtirdi (1:1). 76-daqiqada esa mezbon jamoa a’zosi Mate Patkai g‘alaba golini urdi va jamoasiga muhim 3 ochkoni taqdim etdi (2:1).

Yevro—2020

Saralash, 2-tur bahslari

24-mart, yakshanba

“E” guruhi

Gol: 1:0 — 5 Jeyms

Gollar: 0:1 — 13 Rebich, 1:1 — 34 Salai, 2:1 — 76 Patkai

“I” guruhi

Gollar: 0:1 — 19 Cherishev, 0:2 — 45 Cherishev, 0:3 — 52 Dzyuba, 0:4 — 62, avtogol, Beysebekov

Gollar: 0:1 — 4 Maklin, 0:2 — 74 Rassell

“G” guruhi

Gollar: 0:1 — 8 Arnautovich, 1:1 — 34 Zaxavi, 2:1 — 45 Zaxavi, 3:1 — 55 Zaxavi, 4:1 — 66 Dabbur, 4:2 — 75 Arnautovich

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2019, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют