» » Samsung tarixdagi eng yirik birlashish jarayonini yakunladi

Samsung tarixdagi eng yirik birlashish jarayonini yakunladi


Tezkor o‘sish va ko‘plab bozorlarni egallaganligiga qaramasdan, Janubiy Koreyaning Samsung konglomerati yosh kompaniyalarni nisbatan kamroq o‘z tarkibiga olishni ma’qul ko‘radi. Biroq o‘tgan yilning noyabrida Samsung jami summasi, taxminan, 8 milliard dollarni tashkil etuvchi Harman International Industries’ni o‘z tarkibiga qo‘shib olishini ma’lum qilgan edi. Bu haqda 3DNews xabar bermoqda.

Hozirgi paytga kelib ushbu jarayon yakunlangan.

Samsung Harman’ga ko‘lam, platforma va qo‘shimcha texnologiyalarni taqdim etmoqda. Bu esa kompaniya o‘sishini tezlatish va avtomobil elektronikasi, “aqlli” audioqurilmalar va ulanuvchi jihozlar texnologiyalari sohasida dunyoviy yetakchilikni kengaytirish imkonini beradi.

Dinesh Palival, Harman International Industries prezidenti va ijrochi direktori

Eslatib o‘tish joizki, Harman nafaqat Harman Kardon markasi, balki Infinity, JBL, Lexicon va Mark Levinson kabi mashhur brendlarning ham asoschisi hisoblanadi.

Опубликовано: admin (13-03-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют