» » Buxoroda “Nasriddin Afandi kunlari” festivali bo‘lib o‘tdi (fotoreportaj)

Buxoroda “Nasriddin Afandi kunlari” festivali bo‘lib o‘tdi (fotoreportaj)


Buxoro shahrida 1-aprel – kulgi va mutoyiba kuni munosabati bilan “Nasriddin Afandi kunlari” hamda “Sharq taomlari” festivallari bo‘lib o‘tdi.

— Buxoro nafaqat, me’moriy obidalari, balki nomoddiy madaniy merosi, o‘ziga xos milliy an’analari bilan ham dovrug‘ qozongan. Binobarin, hududga sayyohlarni jalb qilish imkoniyatlari keng bo‘lib, ulardan samarali foydalanish ahamiyatlidir. Xalqning boy madaniy merosini asrab-avaylash, yosh avlod o‘rtasida xalq tomoshalari, ayniqsa, kulgi tomoshalari, folklor, hajviy qo‘shiqchilik, so‘z san’at ustalari an’analarini targ‘ib qilishga qaratilgan quvnoq “Nasriddin Afandi kunlari” hamda mehmondo‘stligimiz timsoli bo‘lgan “Sharq taomlari” festivallari turizm salohiyatini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shadi”, — dedi Buxoro shahri hokimi Karim Kamolov o‘z so‘zida.

“Ark” qo‘rg‘oni, “Toqi Sarrofon”, “Toqi Telpakfurushon”, “Toqi Zargaron” savdo majmualarida turli tadbirlar, dor o‘yinlari, Oshiq daroz va Ma’shuq tannoz timsollari hamda xalqona uslubdagi Chodirxayol masxarabozlik tomoshalari bo‘lib o‘tdi. Ko‘kaldosh madrasasida viloyat Qo‘g‘irchoq teatri jamoasining chiqishi namoyish etildi. Buxoro san’at muzeyi yonidagi maydonda amaliy va badiiy hamda hajviy rasmlar ko‘rgazmalari o‘tkazildi. O‘ndan ziyod folklor-etnografik ansambllar etnografik qo‘shiqlar ijro etdi.

Xalq amaliy va badiiy san’at ko‘rgazma-yarmarkasi, hajviy rasmlar ko‘rik-tanlovi, hajviy kitoblar taqdimoti, shuningdek, Sharq taomlari va boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ko‘rgazmalari o‘tkazildi.

— Xo‘ja Nasriddin Afandi obrazini qoyilmaqom bajara olgan teatr san’ati aktyorlari Bahriddin Roziqov hamda Majid Ochilovlarning ko‘ngilochar dasturlari qizg‘in taassurotlarga boy bo‘ldi. Shuningdek, mutoyiba kuni munosabati bilan Buxoro davlat universitetining “Afandining jiyanlari” quvnoqlar va zukkolar jamoasining chiqishlarifestival shukuhini oshirdi. Yosh havaskorlar ijrosidagi ichakuzdi hangomalar, askiyayu teatrlashtirilgan tomoshalarga minglab kishilarning to‘plangani xalqimizning betakror kulgu san’atiga o‘ch ekanligini yana bir karra isbotladi”, — dedi BuxDU turizm fakulteti dekani Abror Jo‘rayev.

“Buxoro yoshlari” gazetasi qoshidagi “Parvoz” yosh reportyorlari guruhi a’zolari esa festivalda ishtirok etayotgan xorijlik sayyohlar bilan suhbatlar uyushtirdi, ularni raqslarga chorlab, mutoyibaga boy interaktiv o‘yinlar ko‘rsatishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2019, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют