» » OAV: Tu-154 uchuvchining nazorati ostida halokatga uchragan

OAV: Tu-154 uchuvchining nazorati ostida halokatga uchragan


2016-yilning dekabrida Sochi yaqinida Qora dengizda halokatga uchragan Tu-154 harbiy samolyoti “ekipaj komandiri boshqaruvi ostida nazorat qilinayotgan parvoz chog‘ida” suvga qo‘ngan. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Tu-154 halokati tekshiruvining texnik qismi yakunlangach, mutaxassislar u qulab tushmagani, balki ekipaj komandiri Roman Volkov boshqaruvi ostidagi nazorat qilinayotgan parvoz chog‘ida suvga qo‘ngani haqidagi xulosaga keldi.

Uchuvchining bunday g‘alati xatti-harakati sababi hozir tekshirilmoqda. Rossiya mudofaa vazirligi marhum uchuvchining tibbiy kartasini, psixologik testlari natijalarini o‘rganmoqda, mayorga uchishni o‘rgatgan instruktorlarni so‘roq qilmoqda, shuningdek, ekipajning reysdan oldingi hordig‘i to‘g‘ri tashkil qilinganligini aniqlashtirmoqda.

Nashr harbiy-texnik komissiyaga yaqin manbasiga tayanib ma’lum qilishicha, 3D-modellashtirish samolyot mutlaqo odatiy rejimda uchib ketganini ko‘rsatgan. Yerdan ko‘tarilganidan so‘ng taxminan bir daqiqa o‘tib, samolyot 250 metr balandlikka ko‘tarilgan, tezligi esa soatiga 360—370 kilometrga yetgan, shundan so‘ng bortda “shtatdan tashqari vaziyat shiddat bilan yuzaga kela boshlagan”.

“Vaziyat shundan iborat ediki, Roman Volkov balandlikni yanada oshirish o‘rniga, mashinani qo‘nish rejimiga o‘tkazib qo‘ygan”, — deyiladi xabarda.

Gazeta ekspertlari fikricha, bunday harakatlarga uchuvchining makondagi dezoriyentatsiyasi yoki bo‘lmasa, uning hissiy tanglik ahvolida ekanligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yil 25-dekabr kuni Sochi shahridan ko‘tarilgan Tu-154 samolyoti havoga ko‘tarilganidan 70 soniya o‘tib Qora dengizga qulagan edi. Aviahalokat oqibatida samolyot bortida bo‘lgan 92 kishining barchasi halok bo‘lgan.

Yo‘lovchilarning aksariyati Rossiya armiyasining Aleksandrov nomidagi ashula va raqs ansambli a’zolari edi. Ular rossiyalik harbiylarga Yangi yil konserti taqdim etish uchun Suriyaga uchib ketayotgan edi.

Опубликовано: admin (14-03-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют