» » Shimoliy Karolinada o‘layotgan odam lotereyada yutgan pulini davolanish o‘rniga sayohatga sarfladi

Shimoliy Karolinada o‘layotgan odam lotereyada yutgan pulini davolanish o‘rniga sayohatga sarfladi


AQShning Shimoliy Karolina shtati fuqarosi lotereyaga 250 ming dollar yutib olgan, deya xabar beradi Inside Edition.

Richard Biar xotinining iltimosiga ko‘ra lotereya chiptasini sotib olgan. Shu bilan birga u bir nechta tezkor lotereya biletlarini sotib olishga qaror qilgan. Ulardan birining himoya qatlami ostida katta yutuq bo‘lgan.

Biar pulini sayyohlik safari uchun sarflash niyatida.

“Yaqinda menda jigar saratonining to‘rtinchi bosqichi aniqlandi. Hozircha imkonim bor ekan sayohatga chiqmoqchiman”, — deydi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, rafiqasi har doim Italiyani ko‘rishni orzu qilgan va endi ular buni amalga oshirishi mumkin.

Cancer Research UK hayriya tashkilotining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, saraton kasalligining to‘rtinchi bosqichida bemorlar taxminan to‘rt oy umr ko‘radi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 111) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют