» » O‘zbek kursantlari Amir Temur haykali poyida buyuk Sohibqiron obrazini gavdalantirdi (foto)

O‘zbek kursantlari Amir Temur haykali poyida buyuk Sohibqiron obrazini gavdalantirdi (foto)


Kecha, 3-aprel kuni Toshkentda buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yilligi munosabati Amir Temur hiyobonida Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari tomonidan aksiya o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Aksiyada Qurolli Kuchlar akademiyasi, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti kursantlari hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etgan.

Amir Temur hiyobonida o‘tkazilgan aksiya doirasida “Temur tuzuklari” kitobi hiyobonda sayr qilib yurgan sayyohlar hamda yoshlarga hadya qilingan.

Shundan so‘ng Amir Temur haykali poyiga gulchambarlar qo‘yilib, hurmat bajo keltirilgan. Amir Temur obrazini gavdalantirgan kursant hiyobonda “Temur tuzuklari” kitobidan parchalar o‘qib, barchaning olqishiga sazovor bo‘lgan.

Temuriylar tarixi davlat muzeyi bo‘ylab o‘tkazilgan ekskursiya hamda Sohibqiron hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy konferensiya yig‘ilganlarga birdek manzur bo‘lgan.

Ta’kidlash kerakki, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ulug‘ ota-bobolar shaxsini chuqur o‘rganish, ularning hayot yo‘llarini yoshlarga ibrat qilib ko‘rsatish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tkazilgan tadbir ham shular jumlasiga kiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 137) ( 0) ( 136) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют