» » Davlat soliq qo‘mitasi: Farg‘onadagi “stoyankalar”da kunlik naqd pul tushumi o‘rtacha 1,5 mln so‘m

Davlat soliq qo‘mitasi: Farg‘onadagi “stoyankalar”da kunlik naqd pul tushumi o‘rtacha 1,5 mln so‘m


O‘zbekiston Milliy axborot agentligi veb-saytida Farg‘ona shahridagi “Dehqon bozori” hamda savdo majmualari atrofidagi avtomobillarni vaqtincha saqlash joylari (“stoyanka”lar) haqidagi xabarga oydinlik kiritildi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar berdi.

Agentlik avtoturargohlarning kunlik naqd pul tushumi nazorati mutasaddilarning e’tiboridan chetda qolayotganligi haqida xabar qilingan edi.

Davlat soliq qo‘mitasi ushbu material yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi:

Shahar markazida joylashgan “Dehqon bozori” atrofidagi 12,9 sotix yer maydoni shahar hokimining 2017-yil 12-maydagi 593-sonli qarori bilan “Markaziy dehqon bozori” AJga avtomobillarni vaqtincha saqlash joyi tashkil etish uchun biriktirib berilgan.

Mazkur avtoturargoh 2 qismga ajratilgan bo‘lib, ushbu qismlarda tegishli tartibda nazorat kassa mashinalari o‘rnatilgan hamda naqd pul tushumlari belgilangan tartibda nazorat qilib borilmoqda.

Ayni paytda bozor daromadiga kuniga o‘rtacha 1,5 million so‘m naqd pul mablag‘lari undirilib, Farg‘ona viloyat hokimining 2018-yil 27-martdagi “Bozorlar va savdo komplekslarida bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati miqdorlarini tasdiqlash haqida”gi 148-sonli qarori asosida tushumning 50 foizi mahalliy budjetga yo‘naltirilgan.

Mazkur avtomobillarni vaqtincha saqlash joyidan 2019-yilning yanvar oyida 41,9 million so‘m, fevral oyida 39,2 million so‘m mablag‘lar jamiyat umumiy daromadiga undirilgan.

Shuningdek, mazkur avtoturargohning haqiqiy kunlik tushumini aniqlash yuzasidan Farg‘ona shahar davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 3 marotaba xronometraj tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu tadbirlarda avvalgi mos davriga nisbatan 717,2 ming so‘mga (o‘rtacha bitta xronometraj tadbir davomida 239 ming so‘mga oshgan) o‘sishiga erishilgan.

Bundan tashqari, 2019-yilda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 3 ta holatda noqonuniy avtomobil to‘xtash joylari tashkil qilinganligi aniqlangan hamda belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2019, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют