» » “Novichok” moddasidan zaharlangan britaniyalik Putin bilan uchrashtirishni so‘radi

“Novichok” moddasidan zaharlangan britaniyalik Putin bilan uchrashtirishni so‘radi


Britaniyaning Eymsberi shahrida asabni falajlovchi “Novichok” moddasidan zaharlanib jabrlangan Charli Rouli Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish haqida so‘radi, deb yozadi Meduza.

U Londondagi Rossiya elchixonasiga Rossiya hukumati nima sababdan uni va sevgilisi Don Styorjessni zaharlagani (u oqibatda vafot etgan)ni bilish uchun borgan. “Men hech qanday javob ololmadim, faqat Rossiya targ‘ibotini eshitdim, xolos”, — dedi u.

Rossiya elchisi “Novichok” Rossiyada emas, Chexiya, Amerika yoki Buyuk Britaniyada tayyorlangan bo‘lishini taxmin qildi. “U Rossiyada tayyorlanganida, hammani o‘ldirgan bo‘lardi”, — degan u.

Elchi Rossiya hukumatidan yangi ma’lumot olsa, jabrlangan britaniyalik bilan bog‘lanishga va’da bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют