» » The Guardian: Mustaqil Shotlandiya Yevroittifoqqa a’zo bo‘lish uchun standart jarayondan o‘tadi

The Guardian: Mustaqil Shotlandiya Yevroittifoqqa a’zo bo‘lish uchun standart jarayondan o‘tadi


Shotlandiya Buyuk Britaniya tarkibidan chiqqan taqdirida, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun qaytadan ariza topshirishi kerak bo‘ladi, deya xabar bermoqda The Guardian.

Nashrning qayd etishicha, bu holat Shotlandiya birinchi vaziri Nikola Starjenning mustaqillik masalasida referendum o‘tkazish bo‘yicha rejalarini yetarlicha murakkablashtirishi mumkin.

Yevrokomissiyaning sobiq raisi Xose Manuel Barrozuning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi a’zosiga aylanish uchun har qanday mamlakat standart qabul va muzokaralar jarayonidan o‘tishi lozim.

“Yevropa Ittifoqi uchun yuridik nuqtai nazardan mustaqillik Shotlandiya, so‘zsiz, mutlaqo yangi davlat hisoblanadi. Agar mamlakat o‘z maqomini o‘zgaritrsa, u aynan o‘sha maqomi bilan Yevroittifoq bilan muzokaralarga kirishishi kerak”, — dedi Barrozu.

The Guardian’ning NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergga asoslanib qayd etishicha, Shotlandiya faqat bir holatda — yuridik jihatdan Buyuk Britaniya tarkibidan chiqqanidan so‘nggina NATOga a’zo bo‘lib kirishi mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-03-2017, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют