» » Oliy sud Namanganda o‘tkazgan sayyor qabullar davomida 28 kishi jazodan shartli ozod qilindi

Oliy sud Namanganda o‘tkazgan sayyor qabullar davomida 28 kishi jazodan shartli ozod qilindi


Joriy yil 6—7-aprel kuni Prezidentning Pop va Norin tumanlaridagi Xalq qabulxonalarida Oliy sud raisi o‘rinbosari Xolmo‘min Yodgorov, Oliy sud sudyalari, viloyat, tuman sudlari raislari hamda sudyalari tomonidan aholining jinoiy, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy sudlarga oid murojaatlari yuzasidan sayyor qabullar o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Sayyor qabullar davomida 72 nafar fuqaroning murojaati tinglanib, mahalla raislari, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni o‘tayotgan, muqaddam sudlangan va ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan shaxslarning yaqin qarindoshlari bilan, oila va nikoh, uy-joy, mol-mulk, ommaviy huquqiy munosabatlar, ma’muriy huquqbuzarliklar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fuqarolar bilan suhbatlashildi.

Qabul qilingan fuqarolarning 5 nafaridan nazorat tartibidagi arizalar qabul qilindi, 6 nafar fuqaroning murojaatlari qanoatlantirilib, 61 nafar fuqaroga shikoyat qilish tartibi va muddatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shu vaqt davomida jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyat va tuman sudlari tomonidan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo o‘tayotgan 28 nafar fuqaro JKning 73-moddasiga asosan jazodan shartli ozod qilingan bo‘lsa, 4 ta jinoyat ishi bo‘yicha 6 nafar shaxs sud zalidan qamoqdan ozod qilinib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlandi. Ikki nafar shaxs Jinoyat kodeksining 74-moddasiga asosan sud zalidan qamoqdan ozod qilinib, ularning jazolari yengilroq jazo turiga almashtirildi.

Bundan tashqari qabul jarayonida tumanlardagi kam ta’minlangan, nogironligi bor va oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan oilalar holidan xabar olinib, ularning murojaatlari ham tinglandi.

Jumladan, Norin tumani, “Do‘stlik” mahallasida yashovchi, betob farzandi bor Ma’mura Hayitovaning xonadoniga borib, ularning holidan xabar olindi va murojaati tinglandi. Ma’lum bo‘lishicha, ayolning farzandi Suhrob Jo‘rayev tug‘ilgandan surunkali kasallik bilan og‘rib kelib, o‘zi 280 ming so‘m pensiya oladi va oila shu mablag‘ evaziga kun ko‘radi.

Ma’mura Hayitova ko‘p yillar turli tashkilotlarda ishchi bo‘lib ishlagan, ammo pensiyaga chiqish vaqtida mehnat daftarchasidagi ishlagan yillari arxiv m’lumotlaridan chiqmaganligi sababli ish stajiga qo‘shilmagan. Shu bois mehnat daftarchasidagi ishlagan yillarini hisobga olinishi va farzandini davolatishda amaliy yordam berishni so‘ragan.

Hayitovaning murojati bo‘yicha tuman ma’muriy sudi raisiga Pensiya jamg‘armasiga majburiyat yuklash bo‘yicha ariza bilan murojaat qilishi tushuntirilib, ishni adolatli va qonuniy ko‘rib chiqilishi bo‘yicha topshiriq berildi. Suhrob Jo‘rayev esa imtiyozli davolash uchun tibbiyot birlashmasiga joylashtirildi.

Shuningdek, sudga oid bo‘lmagan ishlar bilan murojaat qilgan fuqarolar murojaatlari ham tinglandi va tegishliligi bo‘yicha sektor rahbarlari jalb qilinib, muammolar o‘z o‘rnida bartaraf etildi. Jumladan, Norin tumanida yashovchi bir gurux fuqarolar tomorqalariga suv kelmayotganligi sababli ekinlari nobud bo‘layotganidan shikoyat qildi. Norin tuman hokimligi mutasaddilari va prokuratura xodimlari qabulga chaqirtirilib, hududagi suv chiqarish nasosi ishga tushirildi.

O‘tkazilgan sayyor qabullarda “Farzand omonat” nomli qisqa metrajli videofilm namoyish etilib, Oliy sud tomonidan nashr etilgan kitoblar ham tarqatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют