» » Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlarining ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha autsorsing xizmati ko‘rsatiladi

Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlarining ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha autsorsing xizmati ko‘rsatiladi


Hukumat qarori bilan Davlat xavfsizlik xizmati organlari va bo‘linmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi (2019-yil 6-aprel, 282-son). Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar beradi.

Nizomga muvofiq, autsorserlar hokimliklar tomonidan tanlab olinadi. Autsorserlar bilan shaxsiy tarkibning statsionar va dala sharoitlarida ovqatlanishini tashkil qilish bo‘yicha shartnomalar bir yilga tuziladi.

Sifatini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, davlat standartlariga va texnik shartlarga javob bermaydigan oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Taomlar tarqatilishidan oldin vrach va navbatchi ularning sifatini tekshiradi.

Oziq-ovqat yo‘nalishidagi obyektlar va oshxona uchun berilgan moddiy-texnik vositalar autsorserga nol qiymatda vaqtincha foydalanishga beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2019, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют