» » Sayyor qabulda ahvoli yomonlashgan ayolning uy va moddiy yordam masalasidagi muammosi tibbiyot xonasida hal etildi

Sayyor qabulda ahvoli yomonlashgan ayolning uy va moddiy yordam masalasidagi muammosi tibbiyot xonasida hal etildi


Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Muhiddin Jo‘rayevning Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida bo‘lib o‘tayotgan sayyor qabulida, vazir o‘rinbosari tobi qochgan murojaatchidan shaxsan o‘zi xabar olib, murojaatchi muammosini tibbiyot xonasining o‘zida hal etdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

— Vazir o‘rinbosari keladi deyishgani uchun kelgandim, — deydi murojaatchi Robiya Fayziyeva. – Kutilmaganda ahvolim yomonlashib, o‘zimni yomon his qila boshladim. Baraka topishsin shifokorlar tezda tibbiy yordam ko‘rsatishdi. Vazir o‘rinbosarining shaxsan o‘zi ahvolimdan xabar olib, shu yerning o‘zida mutasaddilarni chaqirib, ancha vaqtdan beri hal etilmayotgan uy masalasi va moddiy yordam olish borasidagi muammoimni hal qilib berdi. Judayam minnatdorman.

Ma’lum bo‘lishicha, Robiya Fayziyevaning turmush o‘rtog‘i Ichki ishlar tizimida faoliyat yuritgan bo‘lib, kasallik tufayli 2015-yil vafot etgan. Shundan so‘ng Robiya Fayziyeva 3 nafar farzandi bilan yolg‘iz qolgan.

— Ayni kunda ularning yashash uchun uyi ham yo‘q edi, — deydi Qarshi shahar hokimi o‘rinbosari Muhayyo Yusupova. — Ijarada istiqomat qilib kelishardi. Shuning uchun shahar hokimligi ijtimoiy og‘ir ahvolga tushib qolgan Robiya Fayziyevaga yordam ko‘rsatib, 2 xonali uyning dastlabki badal to‘lovini to‘lab beradigan bo‘ldi.

— Ijaradan ayni kungacha bo‘lgan 1,5 million so‘m qarzdlorligimni ham moddiy yordam tariqasida to‘lab beradigan bo‘lishdi, — deydi murojaatchi Robiya Fayziyeva.

Sayyor qabul davomida ayni paytgacha 200 ga yaqin murojaatchilar qabul qilindi va ularni qiynayotgan muammolar mutasaddilar ishtirokida hal etilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют