» » Xalq ta’limi vazirligi Buxoro shahridagi uchta maktab direktoriga hayfsan e’lon qilindi

Xalq ta’limi vazirligi Buxoro shahridagi uchta maktab direktoriga hayfsan e’lon qilindi


Joriy yilning 8-aprel kuni O‘zbekistonda umumta’lim muassasalari reytingini aniqlash imtihonlarida bir o‘quvchi o‘rniga boshqa o‘quvchi kirayotgani holati aniqlangani haqida xabar berilgan edi. Xalq ta’limi vazirligi mazkur xabar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq ta’limi vazirligining 2018-yil 17-dekabrdagi qo‘shma qarorlari bilan “Umumta’lim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlari” tasdiqlangan.

Umumta’lim maktablari faoliyati samaradorligini baholash jarayoniga jami umumta’lim maktablarining 10 foizi, shu jumladan Buxoro viloyatidagi umumta’lim maktablarining 50 tasi qamrab olinishi rejalashtirilgan.

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2019-yil 28-martdagi “Umumta’lim muassasalari reytingini aniqlash jarayoniga oid nazorat ishlari va ijtimoiy so‘rovnomalarni o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan ishchi guruhi tomonidan 8—15-aprel kunlari umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilaridan (ona tili fanidan diktant, matematika fanidan yozma ish) nazorat ishlari olinmoqda.

Davlat inspeksiyasining buyrug‘iga asosan 9-sinflari ichidan qur’a tashlash yo‘li bilan 1 ta sinf tanlanib, nazorat ishlari olinishi belgilangan.

Buxoro shahridagi 17-, 35- hamda 38-umumta’lim maktablari tomonidan jarayon boshlangunga qadar yetib kelmagan o‘quvchilar o‘rniga boshqa sinf o‘quvchilari kiritilgan. Bu holat respublika ishchi guruhi a’zolari tomonidan o‘quvchilarni shaxsi birma-bir o‘rganilganda aniqlangan va belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Yuqoridagi holatlarga yo‘l qo‘yganligi uchun Buxoro shahridagi 17-(X.Burxonova), 35-(G.Ravshanova), 38-(M.Mirakova) umumta’lim maktablari direktorlariga viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2019-yil 9-apreldagi buyrug‘i bilan “hayfsan” e’lon qilindi. Umumta’lim muassasalari reytingini aniqlash jarayoniga qamrab olingan qolgan maktab direktorlari qat’iy ogohlantirildi.

Umumta’lim muassasalari reytingini aniqlash jarayoniga qamrab olingan qolgan maktab direktorlari ham bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qat’iy ogohlantirildi.

Xalq ta’limi vazirligi joylardagi mutassadilarni umumta’lim muassasalari reytingini aniqlash jarayoniga oid nazorat ishlari va ijtimoiy so‘rovnomalarni o‘tkazish jarayonida shaffoflik va adolat mezonlariga rioya etishga chaqiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют