» » Shahar muhiti haqida o‘ylar

Shahar muhiti haqida o‘ylar


“Daryo” kolumnisti, taniqli jurnalist va bloger Yevgeniy Sklyarevskiy Toshkent shahrini obodonlashtirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashadi.

Hokimiyat huzuridagi Jamoatchilik kengashi tomonidan e’lon qilingan ishchi rejaga negadir shahar hududi yuz tutadigan o‘zgarishlar haqida lom-mim deyilmagan. Va albatta, tanlangan mazkur joyga ko‘chada ijod qiluvchi san’at namoyondalarini birlashtiruvchi madaniy makon maqomini berish loyihasi biz kutgan narsaning aynan o‘zginasi ekan deyish ham mushkul. Yodingizga solay, o‘tgan yil, ta’bir joiz bo‘lsa, “Ko‘rsatkich belgisi ostida” o‘tib ketdi. Moskvaning “KB Strelka” kompaniyasi vakillari Amir Temur maydonining bir qismini rekonstruksiya qildi hamda shahar qiyofasini o‘zgartirish mavzusida bir necha ma’ruza va mahorat darslari o‘tkazib, o‘z faoliyatlariga nisbatan ko‘p sonli olqish va haqorat munosabatlariga ega bo‘ldi.

Lekin eng asosiysi shuki, “Strelka” bizning mudragan va zerikarli shahrimizni “turtkilab” uyg‘otdi va jamoat joylarining qiyofasi borasida fantaziya qilib ko‘rishga ishtiyoq uyg‘otdi. Odamlar avvaliga bunday taklifdan xangu-mang bo‘lib qoldi (chunki, odatdagidek, hech kimdan so‘rab o‘tirilmagan edi), keyinroq esa, dohiyona g‘oyalar sharsharasi o‘laroq, hammasi yopirilib keldi. Va garchi mazkur g‘oyalarning aksariyati qog‘ozda (yoki, hozirda urf bo‘lganidek, “elektron shaklda”) qolib ketgan bo‘lsa-da, baribir xorijning ilg‘or namunalari va o‘z yaqinlarining g‘oyalari bilan tanishish, ularni tanqid qilish, rivojlantirish, to‘ldirish hamda mukammallikka olib borish ajoyib imkoniyat edi. Turli ijtimoiy makonlarda anchayin yaxshi mazmunga ega takliflar yangradi va muhokamaga tashlanib, mantiqiy izchillikka keltirildi. Va ularni shunchaki arxivlarda qoldirib ketish hayf bo‘lgan bo‘lur edi. Yodingizga solib o‘tay, gap bulvarlar, maydonlar, keng yo‘laklar, xiyobon va bog‘lar haqida bormoqda. Asosiy g‘oyalar quyidagilardir:

Bunday joylarni Toshkentning turli tumanlarida tashkillash mumkin va ular orasida musobaqa uyushtirsa bo‘ladi.

Bir paytlar “Shaharga o‘rindiq sovg‘a qil” loyihasi bo‘lgandi — ushbu sovg‘ani in’om qilgan odamning ismi yozib qo‘yilardi. O‘rindiqlar bilan chegaralanib qolmasdan, xiyobonlar, bulvarlar hamda sayr maydonlari ham sovg‘a qilish mumkin-ku?! Albatta, bunday sovg‘ani in’om qilgan shaxs nomi bilan.

So‘ngi vaqtlarda davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risida yana ko‘p takrorlanyapti. Lekin buning mohiyatini oddiy odamlar orasida hech kim tushunmadi va sezmadi. Agar hech bo‘lmaganda bitta shunday maydonni barpo qilish borasida investitsiya kiritganimizda edi (bunga unchalik ko‘p pul ham ketmaydi), balki o‘shanda odamlar davlat-xususiy sherikchilik haqidagi ertaklarga ishongan bo‘lardi. Va bu loyihaga hokimiyat ham bosh qo‘shsa, unda ijobiy qahramon qiyofasida namoyon bo‘lgan bo‘lur edi.

Va shundan keyin, hozir shahar qurilish ko‘lamini tasavvur qilgan bo‘lardi. Barcha qurilish tashkilotlarini o‘zlari qurayotgan obyektlar yaqin atrofidagi jamoat joylarini odamlarning istaklariga ko‘ra obodonlashtirish va jihozlashga mas’ul qilib qo‘yish ham mumkin. Ushbu odamlar asosan nimalarni istashlarini esa biz yuqorida sanab o‘tdik.

Agar sanab o‘tilganlardan aqalli birortasi amalga oshirilsa ham ajoyib ish bo‘lgan bo‘lardi. Ehtimol, biror nima e’tibordan chetda qolgandir va mutolaachida mulohaza uyg‘ongan bo‘lsa ajabmas. Mulohazalaringizni izohlarda qoldiring.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют