» » AQSh Yahoo akkauntlariga hujum uyushtirishda Rossiyadagi uch xakerni gumon qildi

AQSh Yahoo akkauntlariga hujum uyushtirishda Rossiyadagi uch xakerni gumon qildi


AQSh adliya vazirligi yaqin orada Amerikaning Yahoo kompaniyasi akkauntlariga buzib kirilishi haqidagi ish bo‘yicha ayblovlarni e’lon qiladi, deb yozadi TJournal. Gumonlanuvchilar qatorida Rossiyada bo‘lgan uch kishi kirdi, ularning ismlari oshkor etilmayapti.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, adliya vazirligi servis xavfsizligini ommaviy tarzda buzib, yuzlab million akkauntlarni o‘g‘irlaganlikda gumonlanayotgan to‘rt kishiga nisbatan ayblov e’lon qiladi.

Gumonlanuvchilarning uch nafari ayni paytda Rossiyada, yana bittasi esa Kanadada. Kanadagi gumonlanuvchini 16-mart kuni hibsga olishmoqchi. Rossiyadagi xakerlarni qo‘lga olish bo‘yicha rejalar haqida xabar berilmadi.

Yahoo va AQSh adliya vazirligi ushbu axborotga rasman izoh bermadi.

Опубликовано: admin (15-03-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 21) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют