» » Kim Chon Nam shaxsi uning o‘g‘li DNKsi yordamida aniqlandi

Kim Chon Nam shaxsi uning o‘g‘li DNKsi yordamida aniqlandi


Malayziyaning Kuala-Lumpur aeroportida o‘ldirilgan Shimoliy Koreya rahbarining akasi — Kim Chon Namning shaxsi tasdiqlandi. Bunda uning o‘g‘lining DNK namunasidan foydalanildi. Bu haqda Reuters agentligi Malayziya bosh vaziri o‘rinbosari Ahmad Zohid Hamidiyga asoslanib xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Bu Kim Chon Nam ekanligini yana bir bor tasdiqlayman. Uning farzandidan olingan namunalar ham bunga asos bo‘lib turibdi.

Ahmad Zohid Hamidiy, Malayziya bosh vaziri o‘rinbosari

Yonidan Kim Chxol ismiga berilgan KXDR fuqarolik pasporti topilgan shaxs 13-fevral kuni Kuala-Lumpur aeroportida olamdan o‘tgandi. Politsiya uning tanasidan xalqaro kimyoviy qurollar konvensiyasiga ko‘ra taqiqlangan asabni falajlovchi zahar — VX’ning izlarini topgan.

Janubiy Koreya avval boshidan marhum Shimoliy Koreya rahnamosi Kim Chen Inning akasi Kim Chon Nam ekanligini ta’kidlagan edi. Malayziya politsiyasi haligacha Shimoliy Koreya fuqarosining o‘ldirilish sababini aniqlagani yo‘q. Uning shaxsini tasdiqlovchi yakuniy qarorga ham uzoq vaqt kela olishmagan edi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-03-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют